Telegram Mini App · Bot · Admin panel · Sayt

Mijozlaringiz Telegramʼning oʻzida buyurtma bersin

Restoran, kafe va doʻkonlar uchun menyu, savatcha va admin panelli Telegram bot yasaymiz. Xaridor hech narsa yuklab olmaydi — buyurtma darhol sizning Telegramingizga keladi.

  • 3 kundan tayyor
  • Buyurtmadan foiz olinmaydi
  • Oʻzbek va rus tilida

Bu jonli demo — bosib koʻring

Yechim Lab nima qiladi

Biznesingiz internetda buyurtma qabul qilishi uchun kerakli narsani yasaymiz. Siz faqat menyuni yuborasiz.

Telegram bot va Mini App

Mijoz Telegramʼning ichida menyuni koʻrib buyurtma beradi — hech narsa yuklab olmaydi.

  • Menyu, savatcha va buyurtma
  • Buyurtma darhol Telegramʼingizga keladi
  • Admin panel: narx va mahsulotni oʻzingiz oʻzgartirasiz
$200 dan · oylik xizmat $15 dan3 kundan tayyor
Tariflarni koʻrish

Sayt

Istalgan brauzerda ochiladi, Telegram shart emas. Havolasini Instagram va xaritalarga qoʻyasiz.

  • Landing yoki vizitka sayt
  • Buyurtma qabul qiladigan menyu sayti
  • Telefonda chiroyli, tez ochiladi
$150 dan · bir martalik5–14 kunda tayyor
Sayt turlarini koʻrish

Nega Yechim Lab

  • Avval sinab koʻrasiz

    Jonli namunalarni telefoningizda ochib, oʻzingiz buyurtma berib koʻrasiz.

  • Buyurtmadan foiz yoʻq

    Har bir buyurtmadan foiz olinmaydi — narx oldindan aniq.

  • Tez tayyor

    Mini App — 3 kundan, sayt — 5 kundan.

  • Siz faqat menyuni yuborasiz

    PDF, rasm yoki jadval — qolganini biz qilamiz.

Xaridor uchun — 3 qadam

Hech qanday roʻyxatdan oʻtish, parol yoki ilova yoʻq.

  1. 1

    Botni ochadi

    Havolani bosadi yoki botdagi «Menyu» tugmasini bosadi.

  2. 2

    Tanlaydi

    Rasm, narx va tarkibini koʻradi, savatchaga qoʻshadi.

  3. 3

    Buyurtma beradi

    Telefon, manzil va izohni yozadi — buyurtma darhol sizga keladi.

Buyurtma chatlarda yoʻqolmaydi

Hozir

  • Har kimga narx va menyuni qayta-qayta yozasiz
  • Telefon va manzilni soʻrab oʻtirasiz
  • Buyurtmalar xabarlar orasida yoʻqolib ketadi
  • Tugagan mahsulotni mijoz oldindan bilmaydi

Yechim Lab bilan

  • Menyu rasm va narxi bilan doim ochiq — mijoz oʻzi tanlaydi
  • Buyurtma tayyor holda keladi: nima, nechta, telefon, manzil
  • Har bir buyurtma alohida xabar — tugmalar bilan qabul qilasiz
  • «Lavash tugadi» deb yozsangiz — menyu oʻzi yangilanadi

Hammasi bitta botda

Biznesingiz uchun kerakli narsalar — ortiqcha murakkabliksiz.

Menyu yoki katalog

Rasm, narx, tarkib yoki xususiyatlar, boʻlimlar va qidiruv.

Buyurtma 1 daqiqada

Savatcha, telefon, manzil va izoh. Mijoz lokatsiyasini ham yuborishi mumkin.

Buyurtma — darhol Telegramʼingizga

Har bir yangi buyurtma tugmalar bilan keladi: qabul qilish, yoʻlga chiqdi, bajarildi.

Admin panel

Kompyuter va telefonda: buyurtmalar, narxni oʻzgartirish, yangi mahsulot qoʻshish, yashirish.

Oshxona yoki sklad guruhi

Xodim guruhga «Lavash tugadi» deb yozadi — menyu oʻzi yangilanadi. «Lavash tayyor» desa — yana sotuvda.

Mijozga holat xabari

Buyurtma qabul qilinganda va yoʻlga chiqqanda bot mijozga oʻzi yozadi.

Ikki til

Oʻzbek va rus tilida — xaridor oʻzi tanlaydi.

Kelganda xabar berish

Doʻkonlar uchun: tovar kelganda kutib turgan mijozlarga bot oʻzi xabar beradi.

Kimlarga mos

Mahsulot sotib, buyurtma qabul qiladigan har qanday biznesga.

  • 🍔 Fastfood
  • ☕ Kafe
  • 🍽️ Restoran
  • 🍕 Pitseriya
  • 🎂 Tort va shirinliklar
  • 💐 Gul doʻkoni
  • 💧 Suv yetkazish
  • 🛒 Oziq-ovqat
  • 👗 Kiyim
  • 💄 Kosmetika va parfyum
  • 🔌 Maishiy texnika
  • 🖥️ Kompyuter doʻkoni

Telefoningizda sinab koʻring

Demolar haqiqiy ilova kabi ishlaydi: tanlang, savatchaga qoʻshing, buyurtma bering.

  • Ochish
  • Ochish
  • Ochish
  • Ochish
  • Ochish

Telefon kamerasi bilan skanerlang

Ochish

Qanday saytlar yasaymiz

Har qanday biznesga sayt yasaymiz. Namunalarni bosib koʻring — sizniki ham shunday boʻladi.

Bir martalik toʻlov · 5–14 kunda tayyor · domen narxi alohida

🛒 Buyurtma Telegramʼning oʻzida boʻlsin desangiz — Telegram Mini App: narxlar boʻlimida. Narxlarni koʻrish →

  • Telefonda chiroyli
  • Oʻzbek va rus tilida
  • Tez ochiladi
  • Oʻz domeningizga ulaymiz

✨ Siz hozir koʻrib turgan sayt ham — biz yasagan sayt.

Qanday boshlaymiz

  1. 01

    Menyuni yuborasiz

    Menyu yoki katalog, rasmlar, narxlar, manzil va ish vaqti — istalgan shaklda: PDF, rasm yoki jadval.

  2. 02

    Biz yasaymiz

    Tarifga qarab 3, 7 yoki 14 kunda bot va Mini App tayyor boʻladi.

  3. 03

    Havolani berasiz

    Bot havolasini xaridorlaringizga berasiz — buyurtmalar Telegramʼingizga kela boshlaydi.

🤝 Telegram botingiz yoʻqmi? 2 daqiqada ochishga yordam beramiz.

Oddiy va tushunarli narxlar

Bir martalik toʻlov va oylik xizmat. Har bir buyurtmadan foiz olinmaydi.

Start

$200+ $15 / oy

3 kunda tayyor

  • Menyu yoki katalog
  • Savatcha va buyurtma
  • Buyurtma Telegramʼga keladi
  • Admin panel
Tanlash
Tavsiya

Biznes

$300+ $30 / oy

7 kunda tayyor

  • Startʼdagi hammasi
  • Ikki til: oʻzbek va rus
  • Oshxona yoki sklad guruhi
  • Aksiyalar
Tanlash

Premium

$700+ $60 / oy

14 kunda tayyor

  • Biznesʼdagi hammasi
  • Onlayn toʻlov
  • Brend dizayn
  • Cheksiz mahsulot
Tanlash

Oylik toʻlov — server (hosting) va qoʻllab-quvvatlash uchun.

Koʻp soʻraladigan savollar

Xaridor ilova yuklab oladimi?

Yoʻq. Hammasi Telegramʼning ichida ishlaydi.

Har bir buyurtmadan foiz olasizmi?

Yoʻq. Faqat bir martalik toʻlov va oylik xizmat.

Narxni oʻzim oʻzgartira olamanmi?

Ha, admin panel orqali — telefondan ham.

Qaysi tillarda ishlaydi?

Oʻzbek va rus tilida. Ikkala til — Biznes va Premium tarifida.

Qancha vaqtda tayyor boʻladi?

Tarifga qarab 3, 7 yoki 14 kunda.

Oylik toʻlov nima uchun?

Server (hosting) va qoʻllab-quvvatlash uchun — bot kompyuteringiz oʻchiq boʻlsa ham ishlayveradi.

Telegram botim yoʻq — nima qilaman?

Muammo emas: 2 daqiqada ochishga yordam beramiz.

Menyuni qanday shaklda yuboraman?

Istalgan shaklda: PDF, rasm yoki jadval.

Sayt ham yasaysizmi?

Ha: landing — $150 dan, vizitka sayt — $200 dan, buyurtma qabul qiladigan katalog yoki menyu sayti — $300 dan. 5–14 kunda tayyor.

Menyungizni yuboring — qolganini biz qilamiz

Biznesingiz haqida yozing: qaysi tarif mos kelishini va qancha vaqtda tayyor boʻlishini aytamiz.

Telegramʼda yozish